Taʼmirlashni rejalashtiramiz: tajribali meʼmordan yoʻriqnoma
Taʼmir qilmoqchi boʻlgan yoki yangi uydan xonadon sotib olgan har bir kishi oʻqishi shart! Ishoning, bu maʼlumot sizni koʻplab xatolardan, behuda sarflanadigan juda katta mablagʻdan asraydi va asablaringizni tejaydi.
Bor-yoʻgʻi 5 daqiqa – ammo qanchalar foydali!
Demak, boshladik.
Qanday xonadon sotib oldingiz?
Bu qurilish brigadangiz sizga beradigan birinchi savolmi? Aynan sizning javoblaringizdan ish bosqichlarining umumiy manzarasi shakllanadi.
Bishkek bozorida yangi qurilgan uylardagi xonadonlarning 90% qismida umuman hech qanday pardozlash ishlari bajarilmagan, ularning aksariyatida toʻsiq devorlar ham yoʻq. Bu esa taʼmir haqiqatan ham noldan boshlanishini anglatadi. Yana shuni tushunish muhimki, bosqichlar faslga, uyda yashash mumkinligiga (ehtimol, unda isitish tizimi yoqilgandir va h.k.) ham bogʻliq. Bundan tashqari, sovuq mavsumda brigadangiz qanday sharoitda ishlashi va yashashini hisobga olish kerak boʻladi. Bu barcha nozik jihatlar hisobga olinishi va taʼmiringizning umumiy rejasiga kiritilishi shart.
Pardozlash ishlariga qachon kirishish mumkin?
Birinchi navbatda aniqlash kerak boʻlgan narsa – uyingiz qaysi materialdan qurilganligi. Qurilish tugagandan soʻng dastlabki 2 yilda devorlar, pol va shiftning choʻkishi doimo kuzatiladi. Gʻishtli devorlar 2 yildan 6 yilgacha boʻlgan davrda choʻkadi, monolit uylar esa kamroq deformatsiyaga uchraydi. Devorlardagi yoriqlar, deraza paketlarining sinishi, yonbagʻirlardagi mogʻor va h.k. – agar chora koʻrmasangiz, bularning bari sizni kutmoqda.
Tajribali muhandis-quruvchi xonadonni ekspertizadan oʻtkazib, binoning choʻkishi toʻxtaganmi-yoʻqmi va taʼmirni qachon boshlash kerakligini darhol aytadi… BIROQ! Koʻpincha buyurtmachilarimiz kutishga vaqt topolmaydilar va taʼmirni «kecha ulgurish kerak edi» qabilida qilish zarur boʻladi. Oʻz tajribamdan kelib chiqib, muammoni hal qilishning eng samarali usulini taklif qila olaman.
Choʻkish holatida nima qilish kerak?
Uning choʻkishi bilan bogʻliq muammoga plastifikatorli qoʻshimchalarga ega suvoq va shpatlyovkalar yechim boʻlishi mumkin. Ular materialning elastikligini oshiradi. Bunday pardozlash qatlami deformatsiyani soʻndiradi va shuning uchun keyingi toza qoplamalar (boʻyoq, gulqogʻoz, kafel) zarar koʻrmaydi. Bundan tashqari, toza pardozlash qoplamalari orasida ham elastik materiallar mavjud, masalan, boʻyashga moʻljallangan flizelinli gulqogʻozlar yoki flizelin asosli gulqogʻozlar.
Rejangiz bormi?
Mana oʻsha QOʻLLANMANING oʻzi. Umid qilamanki, bu orqali yaxshi rejalashtirilgan va puxta oʻylangan taʼmir tomon qanday harakatlanish kerakligi tushunarli boʻladi. Asosiysi – bosqichma-bosqich harakat qilish.
1-qadam. MATERIALLARNI XARID QILISH
Oldindan nimalarni oʻylab qoʻyish kerak?
Birinchidan, qurilish materiallari va santexnikani qayerda saqlashingizni.
Ikkinchidan, barcha zarur materiallar narxini hisoblab chiqish va ularni oldindan sotib olish. Yodda tuting, mamlakatimizda materiallarning katta qismi buyurtma asosida keltiriladi va ularning yetib kelishi 2 oydan yarim yilgacha choʻzilishi mumkin. Barcha pardozlash materiallarining zaxirasi yaroqsiz chiqishi yoki yotqizish paytida buzilishi ehtimoli uchun kamida 10% boʻlishi kerak.
2-qadam. QAYTA REJALASHTIRISH
Agar sizga qayta rejalashtirish zarur boʻlsa, uni ham rejaga kiritish lozim. Barcha ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlash kerak.
Siz uchun qonun boʻyicha NIMALARNI QILISH MUMKIN EMASLIGI haqidagi asosiy talablar roʻyxatini taqdim etaman:
Qoʻshni xonalardagi resurslar isteʼmoliga taʼsir koʻrsatadigan uskunalarni oʻrnatish.
Ventilyatsiya kanallarini toʻliq yoki qisman buzish.
Tik quvurga (stoyak) ulangan isitish uskunalarini balkon yoki lodjiyaga koʻchirish.
Issiq pol tizimini issiq suv taʼminoti quvurlariga yoki markaziy isitish tizimiga ulash.
Panellarda va panellararo choklarda kanallar ochish. Suvoq qatlamida shtraba ochishga ruxsat beriladi. Gʻishtli devorlar taqiqqa kirmaydi, ammo ular juda eskirgan boʻlishi mumkin. Shtraba ochishdan oldin ularni tekshiruvdan oʻtkazish zarur. Buning uchun muhandislik tashkilotlarida mavjud boʻlgan maxsus uskunalar kerak boʻladi.
Yashash xonalari hisobiga sanuzel maydonini kengaytirish.
Loyihani kelishmasdan oʻyiqlar (proyomlar) ochish. Ularni ustunlarda, panellararo choklarda va yigʻma elementlar tutashgan boshqa joylarda qilish mumkin emas.
Yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni zaiflashtirish, ular meʼyordan ortiq yuklamaga duchor boʻladigan sharoitlarni yaratish. Namunaviy seriyadagi binolarda toʻsiq devorlarni gipsokartondan qilgan maʼqul – gʻisht juda ogʻir boʻlib chiqishi mumkin.
Agar ular umumiy mulk hisoblansa, yoʻlakda, chordoqda va yertoʻlada qayta rejalashtirish ishlarini olib borish. Bunday ishlar faqat barcha istiqomat qiluvchilarning roziligi bilan ruxsat etiladi;
Agar gaz plitasi oʻrnatilgan boʻlsa, xonani oshxona bilan birlashtirish. Ular orasida albatta zich yopiladigan eshik boʻlishi kerak.
Agar bino meʼmoriy yodgorlik hisoblansa, fasadning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish. Namunaviy seriyali uylarda har qanday oʻzgarishlar davlat idoralari bilan kelishiladi.
Xonada birdan ortiq antresol (asosiy qavat hajmiga oʻrnatilgan yuqori yarimqavat) qurish.
Antresolga oshxona plitalari va santexnika vositalarini oʻrnatish.
3-qadam. Qora va toza pardozlash ishlari.
Asosiy qoida – qilingan ishlarni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun yuqoridan pastga qarab harakatlanamiz.
Qora va toza pardozlash ishlarining ketma-ketligini juda qisqacha bayon qilaman.
QORA PARDOZLASH ISHLARI
Elektr montaj ishlari
Isitish uskunalarini almashtirish
Toʻsiq devorlarni oʻrnatish
Vanna va oshxonada kommunikatsiyalarni montaj qilish
Pol styajkasi
Suvash va shpatlyovka qilish.
Oshxona va sanuzelni qoplash.
Osma shiftlarni oʻrnatish yoki orayopmani boʻyash.
Deraza romlari, tokchalar va oyna paketlarini almashtirish.
Santexnikani montaj qilish — yuzaga zarar yetkazmaslik uchun buni yakuniy qoplamadan oldin bajargan maʼqul.
TOZA PARDOZLASH ISHLARI
Devor va polning yakuniy pardozlanishi.
Xonalararo eshiklarni oʻrnatish.
Oʻrnatma mebellarni, masalan, devoriy shkaflarni yigʻish.
Elektr jihozlari, rozetkalar, oʻchirgichlar, simlarni yopuvchi plintuslarni montaj qilish.
Bu, albatta, umumiy sxema (qoʻllanma). Har bir alohida holatda qadamlar toʻldirilishi mumkin. Biroq aynan mana shu reja bilan siz barcha bosqichlarni prorabingiz bilan aniq muhokama qila olasiz va barcha ishlarning bajarilishini (va ularning toʻgʻri ketma-ketligini) nazorat qila olasiz.
Va eng muhim qadam – mutaxassislar jamoasini topish!
Ishoning, sifatli taʼmir qilish qanchalik murakkabligini bilaman. Maqolamdan, oʻylaymanki, sizga ham ideal taʼmir yoʻlida professional va savodli yechimlarni talab qiladigan ancha toʻsiqlar boʻlishi tushunarli boʻldi.
Mening kompaniyam «kalit ostida» ishlaydi – biz nafaqat dizayn-loyiha tayyorlaymiz, balki mijozlarga barcha qurilish va pardozlash xizmatlarini ham taqdim etamiz. Bizning shtatimizda koʻp yillardan buyon birga ishlab kelayotgan bir nechta qurilish brigadalari mavjud.
Ushbu videoda men obyektlarimizdan biridaman va amalda qurilish ishlarining bosqichlari haqida koʻrsatib, soʻzlab beraman.
Agar siz hali ham ikkilanayotgan boʻlsangiz, mana shu havola orqali dizayn-loyiha va taʼmir narxini BEPUL hisoblash uchun ariza qoldiring.


